Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevgi sabab taxtdan voz kechgan qirol

Sevgi sabab taxtdan voz kechgan qirol

foto: https://homsk.com/

Eduard VIII Buyuk Britaniya tarixida eng bahsli shaxslardan biri. U qirol Georg V va qirolicha Mariyaning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Yoshligidayoq zamonaviy qarashlari va erkin hayot tarzi bilan ajralib turgan. 1910-yildan boshlab Uels shahzodasi unvonini oladi va chiqishlari orqali jamoatda katta shuhrat qozonadi.

Lekin Eduardning shaxsiy hayoti imperiya an’analariga zid edi. Uning Uollis Simpson ismli amerikalik ayol bilan munosabati butun mamlakatda tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Uollis ikki marta turmush qurgan, o‘shanda ham ajrashish jarayonida edi. Angliya cherkovi va hukumat bu nikohni bo‘lajak qirol uchun mutlaqo mumkin emas, deb hisoblaydi.

1936-yilda taxtga chiqqan Eduard VIII barcha uchun kutilmagan qaror qabul qiladi. U sevgan ayolidan voz kecha olmaydi va taxtni ukasi Georg VI foydasiga tark etadi. Bu hodisa tarixda «Abdikatsiya inqirozi» nomi bilan qolgan. Eduard shu orqali Buyuk Britaniya tarixida ixtiyoriy ravishda taxtdan voz kechgan yagona qirol bo‘ldi.

Shundan keyin u Vindzor gersogi unvonini oladi va umrining katta qismini xorijda, asosan, Fransiya va AQShda o‘tkazadi. Hukmronlik qilish imkoniyatini yo‘qotgan bo‘lsa ham, Eduard VIII o‘z muhabbatini tanlagan va shu bilan tarixda «sevgi uchun taxtni tark etgan qirol» sifatida qolgan.

Nurbek Alimov tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring