Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi qo‘lga olindi

Shahrisabzda IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahar IIB JQB xodimi 6.000 AQSh dollari bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Xabar.uzga xabar berdi. 

Xususan, xodim ariza bilan murojaat qilgan fuqaroning shikoyatini qonuniy tartibda o‘rganmasdan, jabrlanuvchining boshqa bir fuqaroga yer maydoni sotib olish uchun bergan 27.000 va u yerda amalga oshirgan qurilish ishlari uchun sarflagan 13.000, jami 40.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini undirib berish evaziga dastlab 4.500 AQSh dollarini olgan bo‘lib, so‘ngra yana 6.000 AQSh dollari so‘ragan.

Ta’kidlash lozimki, xodimning tezkor tadbir vaqtida voqea joyidan qochishga hamda daliliy ashyo bo‘lgan pullarni yashirishga uringan harakatlari jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Hozirda xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring