Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahzoda Filipp bir haftadan so‘ng dafn etiladi. Keyin yana qayta dafn etilishi mumkin

Shahzoda Filipp bir haftadan so‘ng dafn etiladi. Keyin yana qayta dafn etilishi mumkin

Foto: «Ru.olyhouse.com»

Bukingem saroyi shahzoda Filippni dafn etish marosimi 17-aprel kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dafn marosimiga qadar Buyuk Britaniya sakkiz kun, qirol oilasi a’zolari esa ikki hafta davomida milliy motam tutishadi. Marosim televideniye orqali namoyish etiladi.

Shahzoda Filipp 9-aprelda 99 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Yuz yillik yubileyini nishonlashga ikki oy qolgandi.

Avvalroq shahzoda Filipp ommaviy tadbirlarsiz oddiy dafn marosimini o‘tkazishni talab qilgani haqida xabarlar tarqaldi. U dafn marosimiga faqat qirol oilasi a’zolari, do‘stlari va Millatlar Hamdo‘stligi davlatlarining rahbarlari taklif qilinishini maqbul ko‘rgandi.

Edinburg gersogi shahzodasi Filipp Mauntbetten 1921-yilda tug‘ilgan. U 1947-yilda Yelizaveta II bilan turmush qurgan. Filipp — shahzoda Charlzning otasi va shahzodalar Garri va Uilyamning bobosi.

Shuningdek, Britaniya OAV qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng shahzoda Filippning jasadi qayta ko‘milishi haqida xabar berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring