Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra ikki oy sohadagi haqiqiy ahvol o‘rganilgan.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Bular:

  • kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi;
  • tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta’lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;
  • har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o‘tkazish uchun glyukometr bilan ta’minlanadi;
  • Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;
  • kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi;
  • qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;
  • bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta’minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring