Shavkat Mirziyoyev Chexiya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim bo‘yicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni 3 barobar ko‘paydi.
Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter