Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Highway Logistics» markaziga bordi

Shavkat Mirziyoyev «Highway Logistics» markaziga bordi

Foto: «Rresident.uz»

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Zangiota tumanidagi «Highway Logistics» markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

— Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish, 2018-2019-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish, chorvachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezident loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring