Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tabrikladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va  muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik  munosabatlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini  mustahkamlashga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil 17-18-avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan samarali muzokaralar, ularning yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuv va imzolangan ikki tomonlama hujjatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28-sentyabr kunlari MDH Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega amaliy tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijakorligi qayd etildi.

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi ortib, turli tarmoqlarda kooperatsiya, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalar rivojlanmoqda, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib, madaniy-gumanitar almashinuvlar  kengaymoqda.

Tomonlar ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida hamkorlikni rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar  ijrosini to‘liq ta’minlashda muntazam amaliy aloqalar muhimligini qayd etdi.

Muloqot so‘nggida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring