Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashadi
2018-yilning 17-aprel kuni Toshkent shahriga Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Hva tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Koreya Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi va ikki tomonlama hamda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter