Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev sanoat o‘sishida «qo‘shib yozish»ni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev sanoat o‘sishida «qo‘shib yozish»ni tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Birinchi chorakda yalpi ichki mahsulot 3 foizga, sanoat – 3,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,1 foizga o‘sgani ma’lum qilindi.

-Bugun har bir tarmoq rahbari biror muammo bo‘lsa aytishi kerak. Har masalaning yechimini topish shart. Ura-ura qiladigan rahbarlar kerak emas. Murakkab pandemiya davrida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kerak. Vazirliklar, hokimliklar, tarmoqlarda vertikal tizim ishlamayapti. Tashabbuskorlik yetishmayapti. Shuncha vazir o‘rinbosarlari nima ish bilan shug‘ullanyapti? Vazirlarning o‘rinbosarlari ham qonun doirasida mas’uliyat va javobgarlikni o‘ziga olishi kerak. Agar har kim o‘z vazifasini bajarsa, korrupsiyani yo‘q qilsak, joylarda vazirning vertikal tizimi ishlasa, natija bo‘ladi,– deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident sanoat tarmoqlarida o‘sish ko‘rsatkichlarini qo‘shib yozish holatlari kuzatilayotgani haqida gapirdi.

-Biz paxtada «pripiska»ni yo‘q qildik, lekin sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilolmayapmiz. Bu nima degan gap? Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishyaptimi? Prognozni bajarolmasa, nega rahbar bo‘lib o‘tirishi kerak? – deya tanqid qildi davlat rahbari.

Birinchi chorakda «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» – 4,7 foizga, charm mahsulotlari – 10 foizga pasaygan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring