Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun (O‘RQ–693-son, 04.06.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Konvensiya 2006 yil 15 iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan.

Konvensiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o‘limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini takomillashtirishdan iborat.

Bugungi kunda 49 ta davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring