Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qator unvonlar berildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qator unvonlar berildi

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan qator unvonlar berildi.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Farrux Shahobiddinovich Muxtorovga general-mayor harbiy unvoni, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayevga general-mayor maxsus unvoni berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin To‘raqulovich Yo‘ldoshev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Erkaboy Aminovich Tojiyevga «III darajali davlat adliya maslahatchisi» maxsus unvoni topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring