Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor o‘simtalar va saratonning oldini oluvchi mahsulotni aytdi

Shifokor o‘simtalar va saratonning oldini oluvchi mahsulotni aytdi

Diyetolog Kseniya Uvarovskaya qovoqning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot berdi. Ushbu sabzavot o‘simtalar rivojlanishining oldini oladi, deydi shifokor. 

Brokkoli kabi qovoq ham sulforofan manbalari hisoblanadi. Ushbu modda o‘simtalarning o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi onkoprotektor hisoblanadi. Shuningdek, u jigarni zararli moddalardan tozalashga ham yordam beradi.

Qovoq tolaga ham boy. Bu ichak faoliyatini yaxshilaydi, oziq-ovqat o‘tishini osonlashtiradi va harakatni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, qovoq xolesterin va qon shakarini kamaytirishga yordam beradi. Pektin organizmdan ortiqcha xolesterolni o‘zlashtiradi va glyukozaning tez so‘rilishini oldini oladi.

Kaliy tufayli qovoq tanadan ortiqcha suyuqlikni siqib chiqaradi va qon bosimini pasaytiradi. 200 gramm sabzavot tarkibida 524 mg kaliy yoki kunlik qiymatning 17 foizi, shuningdek, 34 gramm S vitamini mavjud.

Qovoqning ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi ozuqa ekanini ko‘p kishi bilmaydi. Unda lutein va zeaksantin karotenoidlari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring