Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreya navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Shimoliy Koreya navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: «Telegraf»

Bugun, 31-mart kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono Pxenyanning navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida bayonot berdi. Bu haqda Rossiyaning «TASS» agentligi xabar bermoqda.

«Shimoliy Koreya bor kuchi bilan navbatdagi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda u oldingi sinovlar o‘tkazilgan yerosti tunelidan tuproqni olib chiqish bilan band», — deya uning so‘zlarini keltiradi «Kyodo» agentligi. Ushbu ma’lumotlar qanday qilib Yaponiya tashqi ishlar vaziriga kelib tushgani ma’lum emas.

O‘tgan yilning sentyabr oyida KXDR oltinchi marta yadro sinovini o‘tkazdi. Ammo, shunga qaramay, oxirgi paytlarda KXDR jahon hamjamiyati bilan yaqinlashish istagida. Shu yilning 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR rahbari Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqdagi kelishuvga shu yilning 5—6-mart kunlari Pxenyanga borgan janubiy koreyalik mutasaddilarning KXDR rahbari Kim Chen In bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan edi.

Shuningdek, KXDR Vashington bilan ham aloqalarini normallashtirishga qaratilgan maslahatlashuvlarga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu maslahatlashuvlar jarayonida Koreya yarimorolini yadrodan xoli zonaga aylantirish masalasi ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring