Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov tarixga kiradimi yoxud «bo‘rilar»ning ovi baroridan kelsin

Shomurodov tarixga kiradimi yoxud «bo‘rilar»ning ovi baroridan kelsin

Albaniyaning Tirana shahridagi «Arena Kombetare» stadioni birinchi marta o‘tkazilayotgan Yevropa konferensiya ligasi finalini qabul qiladi. Finalda Italiyaning «Roma»si Niderlandiyaning «Feyenoord»iga qarshi saf tortadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi, «Sport TV» jonli efirda ko‘rsatadi.

Musobaqa haqida

Yevropadagi «uchinchi qit’a musobaqasi» ilk marta o‘tkazilmoqda. Kutilmaganda bu musobaqa o‘rtamiyona klublar uchun haqiqiy shouga aylanib ketdi. Jumladan, «Tottenxem» va «Roma» kabi yirik klubning guruhdagi mag‘lubiyatlari barchani hayratga tushirdi. Mavsum boshida musobaqaga ko‘p klublar jiddiy e’tibor qaratmagan bo‘lsa ham, mavsum so‘ngida ko‘plab klublar musobaqada ishtirok etish istagini bildirmoqdalar. Xususan, keyingi mavsumda biz «Vest Xem», «Fiorentina» va «Vilyarreal» kabi nomdor jamoalarni bu musobaqada ko‘ramiz. Bundan tashqari, musobaqaning mukofot puli ham kam emas.

«Roma» finalga qanday yetib keldi?

«Roma» 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etib, «C» guruhini peshqadam sifatida yakunladi. 1/8 finalda Niderlandiyaning «Vitess» klubini umumiy 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Budyo-Glimtni umumiy 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Joze Mourino shogirdlari yarim finalda premer liga vakili «Lester»ni ikki o‘yin hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Roma» A seriyaning so‘nggi o‘yinida «Torino» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi mavsumda YeLdagi ishtirokini kafolatlab, Albaniyaga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurdi.

«Feyenoord» finalga qanday yetib keldi?

«Feyenoord» «Slaviya Praga», «Union Berlin» va «Makkabi»dan iborat bo‘lgan «E» guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. Niderlandlar guruhdagi birorta bahsda mag‘lub bo‘lmadi. Arne Slot shogirdlari 1/8 finalda «Partizan Belgrad»ni (jami 8:3) ortda qoldirib, chorak finalda «Slaviya Praga»ni umumiy 6:4 hisobida mag‘lub etishdi. Gollandiya giganti yarim finalda Fransiyaning «Olimpik Marsel» jamoasi ustidan umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Albaniyada «Roma» bilan uchrashuvni naqd qildi.

«Feyenoord» esa Konferensiyalar ligasi finali oldidan Erediviziyadagi so‘nggi uchrashuvida «Tvente»ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Roma» tarkibi va taktikasi

«Lester»ga qarshi yarim final birinchi o‘yinida jarohat olgan Xenrix Mxitaryan mashg‘ulotlarga qaytdi. U maydonga tushishi mumkin. Joze Mourino 3-4-1-2 sxemasida o‘ynashi kutilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan birinchi murabbiyga aylanishi kutilyapti.

Uch kishilik orqa chiziq Janluka Manchini, Kris Smolling va Rojer Ibanesdan iborat bo‘lishi ko‘p ehtimol. Rik Karsdorp va Nikola Zalevski mos ravishda o‘ng va chap qanot himoyachilari vazifasini bajaradi. Brayan Kristante va Serxio Oliveyra markaziy yarim himoyadan joy olishi kutilmoqda. Lorenzo Pellegrini hujum ortida, Abraham va Nikolo Zaniolo «Roma» hujumida harakat qilishi kutilmoqda. Shunga qaramasdan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Bunda Zaniolo va Shomurodov hujum ortida o‘ynasa, jamoa sardori Pellegrini markazdan o‘rin oladi. Umid qilamizki, Joze Shomurodovning asosiy tarkibda tushishiga imkon beradi.

«Feyenoord» tarkibi va taktikasi

Orkun Kyokchyu «Feyenoord»ning so‘nggi liga o‘yinida jarohat oldi. Ehtimol u bugungi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Chap qanot himoyachisi Tayrell Malasia diskvalifikatsiya tufayli oxirgi o‘yinni o‘tkazib yuborganidan so‘ng yana jamoaga qaytadi. Niderlandlar odatiy 4-3-3 sxemasida o‘ynashi kutilmoqda. Gernot Trauner va Markos Senesi himoya markaziga joylashsa, Lutsharel Geyertruida va qaytgan Malasia esa qanotlarga egalik qiladi. Fredrik Eursnes tayanch nuqtasida «Roma»ning hujumlarini to‘xtatishga urinib ko‘radi. Yens Tornstra boshlang‘ich tarkibga kirishi va uning hamkori Gus Til bo‘lishi mumkin. «Arsenal»dan ijaraga olingan hujumchi Reyss Nelson, shuningdek, Luis Sinisterra va Konferensiyalar ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari Siril Dessers hujum chizig‘iga joylashadi. Tarkib garchi nom jihatdan taniqli ermasa-da, istalgan raqibga qarshi o‘ynay oladi.

Asosiy statistika

«Roma» 2008 yilda Italiya kubogini qo‘lga kiritganidan beri hech qanday sovrin yuta olmayapti. Bundan tashqari, yevrokuboklarda hech omadi chopmagan. Xususan, 1990-91 yilgi Yevropa ligasi finaliga chiqqanini hisoblamasa, hatto yulduzlik davrida ham «Roma» «ko‘hna qit’a»ning nufuzli musobaqalarida g‘alaba qozonmagan. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov jamoasi bilan bugungi bahsda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bunday natijaga erishgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ladi. Shu paytgacha Yevropa maydonlarida to‘p surgan futbolchilarimiz birorta kubokka ega chiqmagan. Agar Joze Mourino Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonsa, YeChL («Portu» va «Inter»), YeL («Portu» va «Manchester Yunayted») va YeKL («Roma»)da g‘olib bo‘lgan yagona murabbiyga aylanadi.

«Feyenoord»ning shonli tarixi bor, deyish mumkin. 1969-70 yilgi mavsumda Yevropa chempionlar ligasini (Kubok egalari kubogi) yutgan. Asr boshida esa Yevropa ligasi finalida «Borussiya Dormund»ni taslim etgandi. «Feyenoord» «Ayaks» va «PSV» kabi mashhur klublar bilan bir chempionatda to‘p sursa-da, Yevropa maydonlaridagi eng so‘nggi sovrinni ham o‘ziniki qilishga erishgandir.

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa musobaqalaridagi so‘nggi to‘rtta finalning har birida g‘alaba qozongan. Joze finallarda xato qilishni yoqtirmaydi. «Bo‘rilar»ning ovi baroridan kelsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring