Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin AQSh-Xitoy mojarosining dahshatli oqibatlaridan ogohlantirdi

Si Szinpin AQSh-Xitoy mojarosining dahshatli oqibatlaridan ogohlantirdi

Xitoy va AQSh bir-biridan yuz o‘girishga haqqi yo‘q, raqobat ustunlik tendensiyasiga aylanmasligi kerak, dedi XXR raisi Si Szinpin Amerika prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yarim asr davomida «hech qachon silliq bo‘lmagan», «lekin ular to‘siqlarga qaramay oldinga siljishda davom etgan», qayd etadi NBC.

«Bir tomon ikkinchi tomonni tubdan qayta tiklashi mumkin emas, mojarolar va qarama-qarshiliklar har ikki tomon uchun ham dahshatli oqibatlarga olib keladi. Bu dunyo har ikki davlat muvaffaqiyat qozonishi uchun yetarli darajada katta», — dedi Si Szinpin.

O‘z navbatida, Jo Bayden ham Si Szinpin bilan uchrashuvda yetakchilar ikki davlat o‘rtasidagi raqobat mojaroga aylanib qolmasligini ta’minlashi kerakligini aytdi.

NBC telekanali xabariga ko‘ra, Bayden Xitoy rahbariga AQShga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi va ular o‘rtasidagi Balidagi so‘nggi uchrashuv haqida gapirdi. Baydenning ta’kidlashicha, sammit doirasidagi uchrashuv Xitoy bilan munosabatlarda «normal yo‘nalish» tiklanishiga umid beradi.

«Men suhbatimizni qadrlayman, chunki siz va men hech qanday anglashilmovchiliksiz bir-birimizni aniq tushunishimiz muhim deb hisoblayman», dedi Bayden.

Bu Si Szinpinning 6 yil ichida AQShga birinchi tashrifi. Xitoy rahbari Jo Bayden bilan uchrashishdan tashqari, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumining yillik sammitida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring