Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Si Szinpin armiyani jangovar harakatlarga shay turishga chaqirdi

Si Szinpin armiyani jangovar harakatlarga shay turishga chaqirdi

Foto: «Xabar.uz»

XXR raisi Si Szinpin Xitoy xalq-ozodlik armiyasini bevosita jangovar tayyorgarlikni oshirib, jangovar holatlarga shay turishga chaqirdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Si milliy mudofaa va harbiy islohotlar bo‘yicha seminar ishtirokchilariga murojaatida samaradorlikni oshirish uchun harbiy islohotlarni davom ettirishga chaqirgan.

XXR armiyasida islohot 2015-yilda boshlangan — o‘shandan beri Rossiya armiyasidagi kabi strategik raketa kuchlari yaratildi. Shuningdek, Xitoy harbiy floti jiddiy isloh qilinib, Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilgan yana ikkita aviatashuvchi va yana boshqa ko‘plab kemalar harbiy floti salohiyatini oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring