Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda ichimlik suvi loyihasi talon-taroj bo‘lgani ma’lum qilindi

Sirdaryoda ichimlik suvi loyihasi talon-taroj bo‘lgani ma’lum qilindi

Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayevning ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021 yil yakunlari hamda 2022 yil dolzarb vazifalar to‘g‘risida murojaat qildi. OAV vakillari ishtirok etgan ushbu Kengashda hokim bir qator loyihalarning talon-taroj bo‘lganini ma’lum qildi.

— Bugungi kunda viloyatda 4 mingga yaqin qurilish obektlari mavjud bo‘lib ularni nazorat qilish uchun shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Hududda suvning sifat darajasi yuqori bo‘lmaganligi sababli Prezidentimiz tashabbusi bilan Xovos tumanida istiqomad qiluvchi 126 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumanidan ichimlik suvini olib kelish yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ushbu loyihaga Osiyo taraqiyot banki tomonidan yetti million dollar mablag‘ ajratilgandi. Yerning sho‘rligi inobatga olinmay talabga javob bermaydigan suv quvurlari o‘rnatilgani xorijdan kelgan ekspertlar tomonidan aniqlangan. Bu voqea senat yig‘ilishida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sardobada sodir bo‘lgan texnogen hodisa natijasida biz yetti kilometr sifatsiz suv quvurlarini yangisiga almashtirishga majbur bo‘ldik, — dedi G‘ofurjon Mirzayev.

Eslatib o‘tamiz, hokim ushbu nutqida Sirdaryo viloyatida qurilish uchun tenderlar sifatsiz tashkil etilganini ham ta’kidlab o‘tgan va mas’ul tashkilotlar uchun «kelasi yil so‘roq og‘ir bo‘lishi»ni aytib, ogohlantirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring