Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sirdaryo Xitoy tajribasi asosida rivojlantiriladi» — Shavkat Mirziyoyev

«Sirdaryo Xitoy tajribasi asosida rivojlantiriladi» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari sessiyadagi nutqida Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha «ilg‘or innovatsiyalar hududi»ga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

– Innovatsion hududda hokim, viloyat, tuman rahbarlari aholi va tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha har kuni yangilikka intilishi, dunyoqarashi va yondashuvlari o‘zgarishi kerak.

Viloyatni innovatsion hududga aylantirish uchun qaysi davlat tajribasini olib kelish bo‘yicha ko‘p o‘yladik. Tan olish kerak, oxirgi yillarda Xitoy sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyotda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Xitoyning ilm, innovatsiya, muhandislik, elektrotexnika, robototexnika va IT yo‘nalishlarida tajribasi katta. Eng asosiysi, Xitoy bizga transport-logistika jihatidan eng yaqin yirik bozorlardan biri.

Xitoylik investorlarning ham viloyatga qiziqishlari katta. Oxirgi olti yilda xitoylik investorlar bilan birga Shirin shahri, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida 60 dan ortiq yirik sanoat korxonalari ish boshlagan. Viloyatga 2022 yilning o‘zida 250 million dollardan ziyod Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Bu viloyat investitsiyasining deyarli 90 foizi.

Shu bois, Sirdaryoda barcha sohalarni rivojlantirishda Xitoy tajribasiga tayanishimiz lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring