Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sizda androidmi? Unda telefoningiz xavf ostida

Sizda androidmi? Unda telefoningiz xavf ostida

Foto: «Securitylab.ru»

«Nightwatch Cybersecurity»ning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, «Android 9.0 Pie»dan tashqari barcha androidlarda bir nuqson bor, bu har xil ilovalarga axborotdan foydalanish, tizim ulanishlari bo‘yicha cheklovlarni inkor etish imkonini bermoqda. «Hi-tech.mail.ru» yozishicha, bu, masalan, istalgan paytda Wi-Fi tarmog‘i, BSSID, qurilmaning MAC-adresi, DNS-serverlar haqidagi axborotlar, lokal IP-adreslar xakerlar nazoratiga o‘tib ketadi degani.

Oqibatda zararli ilovalar android-qurilmani kuzatishi, hatto foydalanuvchi ayni paytda qayerdaligigacha bilib olishi mumkin. Wi-Fi ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan xaker tarmoqqa hujum qila oladi. Yagona chora — smartfonni «Android 9.0 Pie»ga yangilash.

Hozircha androiddan foydalanuvchilarning 1,1 foizi bu ishni bajarishdi. Qolgan 99 foiz foydalanuvchi xakerlar hujumi xavfi ostida qolmoqda.

Xabar qilinishicha, «Google» eski androidlardagi bu nuqsonni bartaraf etmoqchi emas.

Shunday ekan, ko‘chirib olinuvchi istalgan norasmiy ilova smartfoningiz uchun jiddiy xavf tug‘diraveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring