Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soddalashtirilgan tartibda haydovchilik guvohnomasini almashtirish endi Farg‘ona shahrida ham amalga oshiriladi

Soddalashtirilgan tartibda haydovchilik guvohnomasini almashtirish endi Farg‘ona shahrida ham amalga oshiriladi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, endilikda soddalashtirilgan tartibda haydovchilik guvohnomasini berish Farg‘ona shahrida ham amalga oshiriladi. 

Hozirgi kunda milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish davlat xizmati tajriba-sinov tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilmoqda. Toshkent shahrining Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur va Yunusobod tumanlari, Toshkent viloyatining Chirchiq shahar, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tuman, Namangan viloyatining Namangan shaha va Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazlari orqali mazkur xizmat soddalashtirilgan tartibda aholiga ko‘rsatib kelinmoqda.

Buning uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70%i miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli, fuqarolardan yuqoridagidek haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish lozimligi yana bir bor eslatib o‘tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring