Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi — Habibulla Oqilov

Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi — Habibulla Oqilov

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ayni daqiqalarda AOKAda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Unda koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetganini ma’lum qildi.

— Bu mubolag‘a emas. Bugun shifoxonalarda koyka o‘rinlari to‘lgan. Barcha shifokorlar jalb etilgan. Shu bois maxsus komissiya bilan kelishgan holda simptomsiz bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berdik.

Afsuski, boshqa surunkali kasalligi bor bemorlarning qanchasi davolana olmagani, qanchasi vafot etayotgani haqidagi statiskamiz yo‘q. Bu haqiqat. Bunga ko‘z yumishimiz mumkin emas», — dedi Habibulla Oqilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring