Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Solig‘ini so‘ramay turadi»: Izboskan hokimining audiosi tarqaldi

«Solig‘ini so‘ramay turadi»: Izboskan hokimining audiosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilovga tegishli bo‘lgan audio tarqalgan. Unda hokimning jurnalist bilan suhbatini eshitish mumkin.

Muloqot paytida tuman hokimligi aybi bilan tadbirkorlik sub’yekti tomonidan to‘lanmay kelayotgan katta miqdordagi soliq haqida gap ketgan. Hokim esa «Solig‘ini so‘ramay turadi, men aytib qo‘yaman» qabilida gap aytgan.

Gap shundaki, 2021 yil noyabr oyida «Yashil makon» loyihasi boshlangan edi. Unga ko‘ra, har bir mahalliy hokim bo‘sh turgan yerlarga ko‘chat ekishi kerak edi. Izboskan hokimligi ham mahalliy tadbirkorga narxi 1,3 mlrd. so‘m bo‘lgan 300 mingta ko‘chatga buyurtma bergan, ammo haligacha bu pullarni to‘lab bermagan.

Ushbu holatga hozircha na Andijon viloyati yoki Izboskan tumani hokimliklari va na Davlat soliq qo‘mitasi izoh bergan.

Andijon viloyati bugun trenddan tushmay qoldi. Avvalroq Izboskan hokimi bir kunda 49 ta yer maydonini o‘ziga o‘tkazib olgan bo‘lsa, keyinroq Andijon viloyati hokimi barcha andijonliklarga «Andijon polkasi»ga o‘ynashni topshirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring