Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sovuq bugun biroz chekinadimi? Meteorologlar ma’lumoti

Sovuq bugun biroz chekinadimi? Meteorologlar ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° sovuq.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° sovuq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring