Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qattiq sovuq sabab «Hududgazta’minot» aholiga murojaat qildi

Qattiq sovuq sabab «Hududgazta’minot» aholiga murojaat qildi

Foto: «Xabar.uz»

«Hududgazta’minot» havo harorati keskin pasayishi munosabati bilan aholiga gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, isitish moslamalari va ovqat tayyorlashda gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyasiya tizimiga alohida e’tibor berish zarur. Gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymaslik va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilish so‘ralgan.

«Hududgazta’minot»ning 16 mingdan ortiq xodimlardan iborat jamoasi kecha-yu kunduz zangori yoqilg‘ini mamlakatning har bir iste’molchisiga yetkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo‘lida mehnat qilmoqda. Shuning uchun ham «Hududgazta’minot» AJ favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun fuqarolardan tabiiy gaz iste’moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan oqilona foydalanishlarini so‘raydi, — deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, ayni paytda «Hududgazta’minot»ning 16 mingdan ortiq xodimdan iborat jamoasi kecha-yu kunduz xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham «Hududgazta’minot» favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun fuqarolardan tabiiy gaz iste’moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan oqilona foydalanishlarini so‘radi.

Shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi ham eslatib o‘tilgan. To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti bo‘limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun to‘lovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolishini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini o‘chirib qo‘yish lozim. Ko‘k rangli Enter tugmasining uch marta bosilishi yonilg‘i ta’minotini davom ettirishga imkon beradi.

Noto‘g‘ri yoqilganligi sababli «aqlli» hisoblagich «blokirovka» bo‘lib qolgan bo‘lsa 1104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi va «Hududgazta’minot» Call-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam beradi.

Avvalroq 11—12 dekabrdan butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi, havo harorati kechasi 17 darajagacha pasayishi mumkinligi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring