S&P Özbekistonning kredit reytingini BB+ darajasiga kötardi
S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini «barqaror» prognoz bilan BB+ darajasiga oşirdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu Özbekiston tarixida hozirgaça erişilgan eng yuqori körsatkiç, «investitsiyaviy» (BBB-) poğonaga esa bir qadam qoldi.
Taʼkidlanişiça, bu yutuq tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati hamda prezidentning uzoqni közlagan strategik yondaşuvi samarasidir. Ijobiy natijalarni taqdim etiş borasida Özbekiston tomoni işçi guruhining tezkor va oçiq tahliliy muloqotlari S&P tomonidan alohida eʼtirof etilgan.
«Yurtimizga bölgan işonçni mustahkamlaş, investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş yölidagi qatʼiy harakatimizni davom ettiramiz», — deyiladi xabarda.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter