Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSPning Navoiy viloyati bo‘yicha rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan «ish» sudda ko‘rilyapti

SSPning Navoiy viloyati bo‘yicha rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan «ish» sudda ko‘rilyapti

Joriy yilning aprel oyida Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir etganlik va pora berishda ishtirokchilikda gumonlanayotgani aytilgan edi.

M.Omonboyevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Navoiy viloyati Navbahor tumani sudida birinchi instansiyada ko‘rib chiqilmoqda. «Adolat» axborot tizimlari kompleksida keltirilgan sud majlislari jadvaliga ko‘ra, u JKning 168-modda 4-qismi a-bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan mahkamaga tortilgan. 

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sud ochiq tartibda ko‘rib chiqilyapti va mazkur ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi joriy yil 18-sentyabr kuniga belgilangan.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, mazkur sud ishida jabrlanuvchi sifatida ishtirok etayotgan Mehroj Raxmatov prezident farmoyishi bilan 2023-yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘shanda tadbirkor Navoiy shahridagi Bright Industry Buildings the Future MChJ direktori sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Merey Omonboyeva 2024-yil 6-mart kuni, ya’ni bundan bir oy muqaddam Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. 

Tayinlovga qadar u Navoiy shahri «Zarafshon» MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring