Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV Bekobodda bolalarning zaharlanishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi

SSV Bekobodda bolalarning zaharlanishi holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun ertalab soat 8:55 dan 13:40 gacha Toshkent viloyati Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish belgilari bilan 15 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar olib kelingan. Ular zudlik bilan mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, «o‘tkir diareya» tashxisiga gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borgan va quyidagilarni aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, murojaat qiluvchilar Bekobod shahar 15-maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. 

Ayni paytda shifoxonaning malakali mutaxassislari tomonidan bemorlardan umumiy labarator tahlil namunalari olinib, tuman DSENMga yuborilgan.

Barcha bemorlar shifokorlar tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berilgan. Bemorlarni davolash ishlari qat’iy nazoratga olinib, yetarli darajada dori-darmonlar bilan ta’minlangan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bolalarning umumiy ahvoli yaxshilandi, shifokorlar davolash ishlarini olib bormoqda.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur holat qat’iy nazorat ostiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Bekobod shahrida sodir bo‘lgan ushbu holat yuzasidan bayonot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring