Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud hokimiyati va OAV o‘rtasidagi munosabat xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilindi

Sud hokimiyati va OAV o‘rtasidagi munosabat xalqaro ekspertlar bilan muhokama qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Kuni kecha Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan «Sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabat» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sudyalar oliy kengashi va «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalarida o‘rtasidagi hamkorlik va munosabatlarning huquqiy asosi, bu borada xalqaro huquqiy normalar hamda xorij tajribasi xususida so‘z yuritildi.

Tadbirda bir qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek AQSh Sud institutining direktori Jeremi Fogel, YuNESKOning OAV bilan aloqalari bo‘yicha koordinatori Sabin Ulle (Kanada), OAV huquqi va odob-axloqini o‘rganish markazi direktori Jeyn Kirtli(AQSh) va boshqa ko‘plab nufuzli xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Ular o‘z tajribalari va dunyo miqyosida sud jarayonidagi shaffofliklar, ochiq sudlar qay ma’noda manfaatli ekanliligi to‘g‘risida qizg‘in fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Foto:«Xabar.uz»

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bugungi jamiyat taraqqiyotini ochiqlik va shaffofliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bugungi kun shiddati sud tizimi xodimlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasidagi konstruktiv muloqotlar samaradorligini yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Bu jarayonda sud hokimiyati vakillarining jamoatchilik bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada shakllantirish qanchalik muhim bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish ham shunchalik muhimdir. OAV vakillari sud jarayonini yoritishni maqsad qilar ekan, avvalo ular axborotlarni saralash madaniyatini o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Jurnalistlar va blogerlar ishtirok etgan sud jarayonlari noto‘g‘ri talqin etilmasligi, ular tarqatgan matireal jamiyat va davlat obro‘siga putur yetkazmasligi ta’kidlab o‘tildi.

«Sudyalarning yakuniy qaror qabul qilishi bu alohida jarayon. To‘g‘ri ular ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish qilishi yopiq holda, alohida bir xonada bo‘lib o‘tadi. Biroq ular nimaga asoslangan holda bu kabi hukm chiqarganliklarini tushuntirib berishlari ham sudlarning shaffofligidandir», — deydi AQSh Sud institutining direktori Jeremi Fogel.

Foto:«Xabar.uz»

Bunda sudyalar va jurnalistlar o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatish, amaliy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda ishtirok etgan xalqaro ekpertlar sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida munosabatni tartibga soluvchi xalqaro hujjatlar mazmun-mohiyati, sud ishlarini yoritish bo‘yicha xorij tajribasi, muammo va yechimlar xususida ma’ruzalar qildi.

Davra suhbatida sudlar faoliyati yoritilishida sud mustaqilligi va sudyalar daxlsizligi, inson sha’ni va qadr-qimmati, jismioniy va yuridik shaxslarning ishchanlik obro‘si muhofazasiga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring