Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar oliy kengashi 38 ta bo‘sh o‘ringa 66 nafar nomzodni «chig‘iriq»dan o‘tkazmoqda

Sudyalar oliy kengashi 38 ta bo‘sh  o‘ringa 66 nafar nomzodni «chig‘iriq»dan o‘tkazmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bo‘sh sudyalik lavozimlariga tanlov e’lon qilganidan xabaringiz bor. Sudlarning qaysi instansiyasida nechta sudyalik lavozimi vakant ekani, bo‘sh o‘rinlarning hududlar kesimi bo‘yicha ochiq ma’lumot berilgan holda tanlov e’lon qilinishi ortidan da’vogarlar soni avvalgiga qaraganda ortib ketishi kutilgandi.

Shunday bo‘ldi ham.

Sudyalar oliy kengashining OAV bilan aloqalar sho‘’basi ko‘ra, 38 ta bo‘sh sudyalik lavozimga tanlov e’lon qilganidan so‘ng 111 nafar da’vogar hujjat topshirgan. Dastlabki sarlash imtihonidan (test) so‘ng ular soni 66 nafarga tushdi.

Ayni soatlarda bo‘lib o‘tayotgan kengashning navbatdagi yig‘ilishida mana shu 66 nafar nomzod 38 ta bo‘sh sudyalik lavozimi uchun tanlovda ishtirok etmoqda.

Tanlov jarayoni ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan faol kuzatib borilmoqda. Buning uchun Sudyalar oliy kengashi tomonidan yetarlicha sharoitlar yanatilgan.

Tanlov jarayonini kuzayotib borayotgan «Xabar.uz» muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, bugun tushgacha o‘n nafar nmzod o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Ularning to‘rt nafari sudyalikka ma’qul ko‘rilgan bo‘lsa, olti nafari tanlovdan «yiqildi». Ularga («yiqilganlar»ga) bir oydan so‘ng yana bir marta tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

E’tiborlisi, ayni soatgacha tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganlarning barchasi ilgari omadi chopmagan nomzodlar hisoblanadi.

Tanlovning yakuniy natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 165 ta sudyalik lavozimi bo‘sh turibdi. Bugun ayni miqdor qariyib to‘rtdan biriga qisqarishi ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring