Suriyadan ayollar va bolalar qaytarildi – «Mehr-3» operatsiyasi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida bugun «Mehr» operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi.
Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar yurtdoshlarimiz, ya’ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanimizga qaytarildi.
Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to‘laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Mehr-1» va «Mehr-2» insonparvarlik operatsiyalarida Suriya va Iroqdan yuzlab ayollar va bolalar qaytarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter