Surxondaryoda tez yordam haydovchisi mast ekani aniqlandi
Surxondaryoda tez yordam avtomobili haydovchisi mast holdaligi aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Angor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan shubhali harakatlangani uchun Tibbiyot birlashmasiga tegishli «Damas» rusumli maxsus tez tibbiy yordam avtomobili tekshirish uchun to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida haydovchi mast holda ekani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimlariga xabar berilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter