Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda hokim jarimaga tortildi

Surxondaryoda hokim jarimaga tortildi

Angor tumani hokimi jarimaga tortildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonovga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning farmoyishida ma’lum qilingan.

Farmoyish bugun, 14-mart kuni chiqarilgan. Hokimga o‘ziga yuklatilgan vazifalarning ijrosini belgilangan muddatlarda bajarmaganligi, ish faoliyatini noto‘g‘ri tashkil etganligi hamda viloyat hokimi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosiga e’tiborsizlik bilan qaraganligi uchun jazo qo‘llangan. Bu haqda farmoyishda ta’kidlab o‘tilgan. 

Qosim Mardonov 2023 yanvardan buyon Angor tumani hokimi sifatida ishlab kelyapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring