Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish uchun yer ijaraga beriladi

Surxondaryoda sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish uchun yer ijaraga beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida aholini ish bilan ta’minlashda yer ajratish masalasini ko‘tardi.

— Unumdorligi past bo‘lgan g‘alladan bo‘shaydigan maydonlardan tomorqa yer egalariga sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish uchun o‘rtacha 15-20 sotixdan 10 yil muddatgacha ijaraga berishning huquqiy asoslari ishlab chiqilsin.

Ushbu ajratilgan yerlarda yetishtiriladigan mahsulotlarga, meva-sabzavot va tomorqa klasterlari buyurtma beradi.

Buyurtmachilar mahsulot yetishtirish uchun barcha moddiy resurslar bilan ta’minlaydi va yetishtirilgan mahsulotni sotib oladi.

Mazkur meva-sabzavot klasterlari faoliyati samaradorligini oshirish va yana yangi  klasterlarni tashkil etish bo‘yicha, bir oy muddatda «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqiladi», — dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring