Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sirtlonni o‘ldirgan fuqaro tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan – Ekologiya vazirligi

Surxondaryoda sirtlonni o‘ldirgan fuqaro tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan – Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda sirtlon o‘ldirilganligi aks etgan suratlar borasida o‘rganish olib bordi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2023-yilning oktyabr oyi oxiri — noyabr oyi boshlarida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Obodon» mahallasida yashovchi fuqaro Sh.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bir bosh noma’lum hayvonning suyaklari topilib, ular qaysi hayvon turiga tegishliligi borasida ilmiy xulosa olish maqsadida tegishli tashkilotlarga jo‘natilgan. «Xulosa olingach, hujjatlar chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Holat oqibatida tabiatga 1 milliard 60 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring