Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda uddaburon «tadbirkorlar» aniqlandi

Surxondaryoda uddaburon «tadbirkorlar» aniqlandi

Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasining soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i A.Karimovning ma’lum qilishicha, tadbirlar davomida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 17 nafar jismoniy shaxslarning 79 mln. 214 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yilgan.

Jumladan, Sho‘rchi tumanidagi Shakarko‘l mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo do‘konida o‘tkazilgan nazorat tadbirida J.T. hech qanday hujjatlarsiz faoliyat yuritib, 41 mln. 970 ming so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring