Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Ortiqova qoraqalpog‘istonlik prokurorlarga tanbeh berdi

Svetlana Ortiqova qoraqalpog‘istonlik prokurorlarga tanbeh berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova qoraqalpog‘istonlik hamkasblariga tanbeh berdi. Bu haqda Svetlana Boymirzayevna «Xabar.uz» muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi. 

Jurnalistning qoraqalpog‘istonlik davlat arbobiga oid noto‘g‘ri axborot e’lon qilishi ortidan ayrim mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari qoq yarim tunda prokuratura organlariga chaqirtirilib, tushuntirish xatlari yozdirilishi barobarida ish qurollari olib qo‘yilganiga oid savoliga Bosh prokuraturaning ko‘p g‘alvalarga balogardon mutasaddisi quyidagicha javob berdi:

— Kecha shu masalada Qoraqalpog‘iston prokurori bilan gaplashdim. Vaziyatni muhokama qilish jarayonida holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan xodimlarning xatti-harakatini oqlab bo‘lmasligini aytib, ularga qattiq tanbeh berdim. Qorqalpog‘istonlik ayrim hamkasblarim kechaning o‘zida mahalliy jurnalistlardan uzr so‘rashgan.... Ayni paytda o‘sha xodimlarning xatti-harakatlari o‘rganilmoqda, natijasiga qarab tegishli chora ko‘riladi. Nachora, sholi kurmaksiz bo‘lmas ekan-da... Biroq bu — endi noto‘g‘ri axborot tarqatganlik holati «yopilib» ketar ekan-da, degan ma’noni anglatmaydi. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilyaptia. Natijasiga qarab, qonuniylik ta’minlanadi baribir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring