Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabaga eslatma. Shartnoma pulini to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Talabaga eslatma. Shartnoma pulini to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Foto: Aniq.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalarga kontrakt pulini to‘lash vaqti haqida eslatma e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati:

15 oktyabr – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun;

1 noyabr – tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun.

Mazkur muddat O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 7-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.

To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun o‘qitish haqini to‘lashning belgilangan muddatlarini uzaytirish oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) vakolatida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring