Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli rus aktyori Nikolay Karachensov vafot etdi

Taniqli rus aktyori Nikolay Karachensov vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 26-oktyabr kuni tongda Moskvada taniqli rus aktyori Nikolay Karachensov vafot etdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Nikolay Karachensov 2005-yilning fevralida avtohalokatga uchrab, og‘ir bosh jarohatini olgan va aktyorlik faoliyatini yakunlagan  edi.

O‘tgan yili aktyorga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandi.

Rossiya xalq artisti Nikolay Karachensov 1944-yili 27-oktyabr kuni Moskvada tug‘ilgan.

Aktyorlik faoliyati davomida yuzdan ortiq filmlarda suratga tushgan. Ular orasida «Katta o‘g‘il» (1975), «Elektronikаning sarguzashtlari» (1979), «Svift qurgan uy» (1982) kabi filmlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring