Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzaniya prezidenti 62 yoshida vafot etdi

Tanzaniya prezidenti 62 yoshida vafot etdi

Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli 62 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Bloomberg vitse-prezident Samia Suluxu Xassanga asoslanib. 

Tanzaniyalik muxolifatchi siyosatchi Tundu Lissu avvalroq COVID-19 bilan kasal bo‘lib qolgan davlat rahbari Hindistonga olib ketilgani haqida aytib o‘tgan edi. Lissuning so‘zlariga ko‘ra, prezident bundan oldin Keniyada davolangan.

Financial Times o‘z manbalariga asoslanib, Magufuli og‘ir kasal bo‘lganligi haqida yozgan.  Keniyaning «Nation» nashri ham o‘z manbasiga asoslanib «ikki hafta davomida jamoat oldiga chiqmagan Afrika davlatlaridan birining yetakchisi COVID-19 kasalligi bilan Nayrobidagi kasalxonaga yotqizilgani» haqida xabar bergan. Shu bilan birga bir qator OAVlar prezident nafas olish moslamasiga ulangani haqida aytib o‘tgan.

Tanzaniyaning bosh vaziri, yuridik ishlar vaziri va mamlakatning Namibiyadagi elchisi prezident koronavirus bilan kasallanganligi haqidagi ma’lumotni rad etishgan.

Avvalroq Magufuli Tanzaniyada SARS-CoV-2 yo‘qligini aytgandi.  Sog‘liqni saqlash vazirligi esa COVID-19 uchun vaksinalar sotib olish rejasi yo‘qligini xabar qilgan.  Magufuli aholini koronavirus haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmasdan, koronavirusga qarshi kurashish uchun uch kun davomida ibodat qilishga chaqirgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Tanzaniya 2020 yil may oyining boshidan beri koronavirus kasalligi va o‘lim statistikasi haqida xabar bermagan.  JSST ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 kasalligining 509 ta holati aniqlangan va 21 ta o‘lim qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring