Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tashabbusli budjet»: xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlik kuchaytiriladi

«Tashabbusli budjet»: xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlik kuchaytiriladi

«Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qonunchilik palatasida tashabbusli budjet jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini olib borish uchun 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi.

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli budjet jarayonlarida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayoti va hududni rivojlantirishga ta’sir qiladigan 2 ta loyihani (har mavsumda 1 tadan) «Ochiq budjet» axborot portalida tanlaydi.

Mazkur tanlov loyihani respublika budjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur jarayonlarda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga 1 yilda 2 mavsumga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag‘ har yilgi respublika budjetida nazarda tutiladi.

2026-yil 1-fevraldan tashabbusli budjet jarayonlarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

Tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilganda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring