TATUdagi «namoyish» bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi

2019-yilning 4-sentyabrida butun O‘zbekiston bo‘ylab yangi o‘quv yili boshlandi. Ushbu kun Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari universitetida o‘zgacha eslab qolinadigan bo‘ldi.
Shu kuni universitet binosidagi yo‘laklarda kanselyariya buyumlari bilan savdo qilishdan chetlatilgan xususiy tadbirkor A.Abduvaxidov oila a’zolari bilan birga «namoyish»ga chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil davomida A.Abduvaxidovga universitet yo‘laklarida savdo qilish uchun ruxsat berilgan va shartnoma imzolangan. Tadbirkor uchta joyda savdo olib borgan. «Xabar.uz» ixtiyorida savdo qilingan joylar tasviri mavjud va yaqin vaqtlar ichida o‘quvchilar ixtiyoriga havola etiladi.
Matbuot anjumanida IIV Yunusobod tumani IIBdan Sarvar Jo‘rayev va Abdulatif Abduahatov, yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan Murodjon Ubaydullayev, Davlat soliq inspeksiyasidan Kamoliddin Yo‘ldoshev hamda universitet rektori To‘lqin Teshaboyev ishtirok etmoqda.
— Ijtimoiy tarmoqlarda salbiy fikrlar yuzaga kelmasligi uchun vaziyatga oydinlik kiritishga qaror qildik. Bo‘lib o‘tgan holat bo‘yicha istalgan savolga javob berishga tayyormiz, — dedi TATU rektori To‘lqin Teshaboyev.
Matbuot anjumani davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter