Tel-Avivda 500 mingga yaqin kishi norozilik namoyishiga chiqdi

Isroilning Tel-Aviv shahrida 500 mingga yaqin kishi norozilik namoyishiga chiqdi.
Ular G‘azodagi asirlarni qaytarish uchun HAMAS bilan darhol kelishuvga kelishga chaqirishmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ommaviy aksiya umummilliy ish tashlash kunining eng yuqori nuqtasiga aylandi: yo‘llar yopildi, butun mamlakat bo‘ylab yuz minglab isroilliklar norozilik namoyishiga qo‘shildi.
Garovga olinganlarning oilalari sahnadan hayajonli nutq so‘zlab, rasmiylardan kelishuv tuzishni va «urushni cho‘zish»ni to‘xtatishni talab qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter