Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xabarlar tasdiqlandi: «temir Botir» Xorazmga ketdi

Xabarlar tasdiqlandi: «temir Botir» Xorazmga ketdi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) direktori Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurorligiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlar rasman tasdiqlandi. Bugun u  yangi lavozimda  viloyat faollariga tanishtirildi. Tadbirda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va viloyat hokimi Farhod Ermonov ishtirok etdi.

Harbiy prokuraturada suyagi qotgani uchun «temir Botir» deya nom orttirgan Qudratxo‘jayev 2017-yildan buyon Majburiy ijro byurosiga rahbarlik qilib kelayotgandi. Undan avval Surxondaryo va Toshkent shahri prokurori vazifalarida ishlagan. Adliya katta maslahatchisi rutbasiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring