Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tesla avtomobili tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi (video)

Tesla avtomobili tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi (video)

Tesla Model S Plaid «Nyurburgring» trassasida ommaviy ishlab chiqariladigan elektromobillar o‘rtasida tezlik rekordini o‘rnatdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Amerika kompaniyasining yangi elektrokari 20,76 kilometr masofani yetti daqiqayu 30,9 soniyada bosib o‘tgan. Shu tarzda Tesla avtomobili Porsche Taycan tomonidan 2019 yilda o‘rnatilan rekordni 12 soniyaga yangilagan.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, poygada hech qanday qo‘shimcha modifikatsiyaga ega bo‘lmagan elektromobil ishtirok etgan.

Model S Plaid — Tesla tarkibidagi eng tezkor elektromobil. Iyun oyida taqdim etilgan mashina ikki soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Mashina bitta quvvatlanish bilan deyarli 650 kilometr yo‘l bosadi, uning maksimal tezligi soatiga 320 kilometrni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring