Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test jarayonlari onlayn uzatiladigan portal ishga tushdi

Test jarayonlari onlayn uzatiladigan portal ishga tushdi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekistonda 1-avgustda start oladigan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qabul imtihonlari jarayonida AKTdan keng foydalangan holda, imtihonlarning ochiq va oshkora o‘tkazilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik hamkorlik qilmoqda, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan test imtihonlari o‘tkaziladigan barcha ob’yektlarga optik tolali aloqa tarmoqlari tortilib, barcha tegishli binolar yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish tizimlariga ulandi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan bino va ob’yektlarni to‘liq qamrab olish maqsadida, 1400 dona videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Kameralarning aylanma harakatini ta’minlash uchun 29 ta maxsus pult boshqaruvi joriy qilindi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash uchun 1800 terrabayt hajmdagi maxsus server ishga tushirildi.

Imtihonga kirish jarayonida har bir abituriyent shaxsi ma’lumotlar bazasining markaziy serveriga ulangan, qiyofani aniqlaydigan maxsus kamera orqali tekshiruvdan o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘tkazilayotgan ob’yektlar yaqinidagi maxsus kutish hududlarida ota-onalar, abituriyentlarning yaqinlari uchun yirik ekranlar o‘rnatiladi. Ularda imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, internet tarmog‘ining www.test2018.uz manzilida tashkil qilingan maxsus resurs orqali yurtdoshlarimiz barcha ob’yektlardagi imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar.

Qabul imtihonlari jarayonida yanada ochiq-oshkoralikni ta’minlash maqsadida, UZDIGITAL TV telekanallar tarmog‘i orqali imtihonlarni jonli efirda ko‘rish uchun texnik imkoniyat ham yaratib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring