Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tez yordam mashinasi nega bunday harakatlandi? (video)

Tez yordam mashinasi nega bunday harakatlandi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomashinasi nosoz holda harakatlanib ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 23 sentyabr kuni ertalab soat 05:21 da poytaxtimizning Do‘mbirobod va Farhod ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyaga tegishli «FORD» rusumli davlat raqami 01 461 YLA bo‘lgan tez tibbiy yordam avtomashinasining amortizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgan.

Bu paytda avtomashina tezligi soatiga 40 km. atrofida bo‘lib, uning ichida faqatgina haydovchi bo‘lgan.

Shundan so‘ng avtoulov darhol Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali avtokorxonasiga olib kelinib, nosozlik to‘liq bartaraf etilgan. Hozirda ushbu avtomashina soz holatda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring