Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TikTok reklamadan tushgan pulni video mualliflari bilan bo‘lishadi

TikTok reklamadan tushgan pulni video mualliflari bilan bo‘lishadi

Foto: «Caliber»

Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilishga mo‘ljallangan TikTok servisi kontent egalariga pul ishlashning yangi usulini taklif qilmoqda.

Servis yo‘lga qo‘yadigan yangi dasturga ko‘ra, yetakchi mualliflarning videoroliklari bilan yonma-yon reklama joylashtirilsa, ularga reklamadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘tkazib beriladi.

Shunga o‘xshash taqdirlash dasturi YouTube videoservisida ham bor.

TikTok Pulse yangi dasturi doirasida «TikTok dagi 4 foiz eng yaxshi video»da reklamalar namoyish etilishi rejalashtirilgan. Reklamadan barcha tiktokerlar pul ishlay olmaydi. Obunachilari soni 100 ming nafardan kam bo‘lmagan mualliflargina «reklama puli» ishlashlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring