Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tiriklay ko‘mib yuborilgan odamni to‘rt kundan so‘ng kovlab olishdi (video)

Tiriklay ko‘mib yuborilgan odamni to‘rt kundan so‘ng kovlab olishdi (video)

Videodan skrinshot

Moldovada tiriklay ko‘mib yuborilgan 62 yoshli erkak, oradan 4 kun o‘tib, qutqarildi. Bu haqda Politia RM xabar berdi.

«Qabrdan tovush»ni politsiyachilar tasodifan eshitib qolishdi.

Politsiya xodimlari Moldova shimoli-g‘arbidagi Ustiya qishlog‘iga 74 yoshli ayolning o‘limi yuzasidan surishtiruv o‘tkazish uchun kelishgandi. 18 yoshli gumon qilingan shaxsning uyida tintuv o‘tkazayotgan politsiyachilarning qulog‘iga kimningdir yordam so‘rab qichqirayotgani chalinadi.

15-may kuni e’lon qilingan kadrlarda «qo‘lbola qabr»dan yoshi katta kishi chiqarib olingani tasvirlangan. U jarohatlangan, ammo hushi joyida edi.

Qutqarilgan odamning aytishicha, o‘tgan shanba kuni u qotillikda gumon qilinayotgan yigit bilan mayxo‘rlik qilgan, keyin janjallashib qolishgan. Yigit unga pichoq bilan tashlangan, keyin qo‘lbola yerto‘laga qamab, ustidan tuproq tortib yuborgan.

Politsiya 18 yoshli yigit o‘ziga qarindosh bo‘lgan 74 yoshli pensioner ayolni ertasiga, yakshanba kuni o‘ldirgan, deb hisoblamoqda. Gumon qilingan shaxs mast holatda o‘z uyida qo‘lga olingan, tergovchilarning savollariga «chalkash» va «bog‘dan-tog‘dan» javob bergan.

Biri kishini o‘ldirgan va yana bir kishini o‘ldirishga qasd qilganlikda ayblanayotgan yigit bir umrga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Qutqarilgan erkak esa yaqin o‘rtadagi shifoxonaga jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring