Tojikiston bilan chegaradagi ikki postda xorijiy avtomobillar harakatiga ruxsat berildi

Tojikiston bilan chegaradagi ikki postda uchinchi davlat avtomobillariga ruxsat berildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2025-yil 10-avgust kuni soat 6.00 dan e’tiboran Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi “Xovosobod” chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari o‘tkazilishi boshlangan.
Shu paytgacha ushbu postlar faqat O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki chegara posti 2018-yilda Vazirlar Mahkamasiga qaroriga ko‘ra qayta ochilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter