Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston Rog‘un GESi uchun pulni qayerdan olishi kerak — Jahon banki

Tojikiston Rog‘un GESi uchun pulni qayerdan olishi kerak — Jahon banki

Foto: «Protoday.uz»

«REGNUM» yozishicha, Tojikiston hukumati Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirishning muqobil manbalarini topish haqida bosh qotirishi kerak, deyiladi Jahon bankining Tojikiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan hisobotida.

Nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilot tahlilchilari GES uchun xususiy manbalar pullarini jalb etib, loyihaga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘larini qisqartirish taklifini ilgari surishgan.

«Rog‘un GESi qurilishi, agarda hukumat loyihani xususiy manbalardan muqobil moliyalashtirishni ta’minlay olmas ekan,  qarz barqarorligi uchun xavf tug‘dirishi va ijtimoiy maqsadlar xarajatlarni ortga surib yuborishi mumkin», — deyiladi bank hisobotida.

Loyihaga davlat g‘aznasi pullari jalb etilaverishi mumkin, faqat buning uchun budjet daromadlari oshishi va xarajatlar optimallashtirishi lozim, deb hisoblashmoqda Jahon banki ekspertlari.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston 2020-yilda Rog‘un GESi qurilishi uchun loyihaga 2019-yilda sarflangan budjet xarajatlariga teng mablag‘ — 220 million dollarni budjetdan ajratmoqchi. Bu esa hukumat 2020-yil uchun tasdiqlagan davlat g‘aznasi xarajatlarining deyarli 8 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring